Maslahat1 daq. o‘qish
«Goryashiy tur» nima va uni qanday to‘g‘ri tanlash kerak?
Chegirmali turlar qanday paydo bo‘ladi, ularda nimaga e’tibor berish kerak va qachon bron qilgan ma’qul.

Goryashiy tur — jo‘nash sanasiga 3–14 kun qolganda sotiladigan, narxi 20–40% gacha arzon bo‘lgan paket.
Nega arzon?
Tur operator chartered reyslardagi va mehmonxonalardagi bo‘sh joylarni sotib bo‘lmasa, ularni zararga ketkazgandan ko‘ra chegirma bilan sotgani foydali.
Nimaga e’tibor berish kerak
- Mehmonxonaning aniq nomi va yulduzi ko‘rsatilganmi
- Ovqatlanish turi (BB, HB, AI)
- Transfer narxga kiradimi
- Pasport amal qilish muddati — kamida 6 oy
Bizning goryashiy takliflarimiz Telegram kanalimizda birinchi bo‘lib e’lon qilinadi: t.me/ayn_travel
#goryashiy#chegirma#maslahat

